Asosiy qismga o'tish

Parfyumeriya atamalari lug'ati

Atir tavsiflarida uchraydigan atamalarning qisqa ta'riflari: notalar piramidasi, shlef, konsentratsiya, akkord, flanker, batch-kod.

Akkord
Bir hid sifatida qabul qilinadigan bir nechta nota birikmasi. Masalan, «charm akkordi» qayin qatroni, za'faron va stiraksdan yig'iladi.
Barqarorlik
Atirning terida qolish vaqti. Konsentratsiya, oila va teri turiga bog'liq: quruq terida atir kamroq ushlaydi.
Batch-kod
Quti va flakon tagidagi partiya kodi. U orqali ishlab chiqarish sanasi va qadoqning mos kelishi tekshiriladi.
Flanker
Mavjud atirning variatsiyasi: o'sha liniya, o'zgartirilgan kompozitsiya. Odatda nomidagi so'z bilan farq qiladi — Intense, Noir, Elixir.
Konsentratsiya
Spirtdagi atir kompozitsiyasi ulushi. EDT — 5–15%, EDP — 15–20%, ekstrakt — 20–30%.
Notalar piramidasi
Atirning vaqt bo'yicha ochilish sxemasi: yuqori notalar 15–30 daqiqa, yurak notalari 2–4 soat, bazaviy notalar oxirigacha seziladi.
Shlef
Atir atrofdagilarga sezilgan masofa. Yumshoq shlef yaqindan, kuchli shlef bir necha metrdan sezilaeadi.
Uniseks
Aniq gender yo'nalishiga ega bo'lmagan atir. Odatda sitrusli, yog'ochli, mushkli va anbarli kompozitsiyalar.